
2017 yil 28 yanvarda mustaqil Özbekiston timsollaridan biri «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi taşkil etilgan kun. 1992 yil 28 yanvarda Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov «Özbekiston havo yöllari» MAKni taşkil etiş töğrisidagi farmonga imzo çekkan edi.

Milliy aviakompaniyaning taşkil etilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan MAK Direktsiyasida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda «Özbekiston havo yöllari» rahbariyati va vakolatxonalari vakillari, respublika va xorijiy OAV xodimlari iştirok etdi.

Anjumanda sözga çiqqan MAK boş direktori Valeriy Tyan tarixan qisqa davrda aviakompaniya bosib ötgan yöl va erişgan natijalarga töxtalib ötdi. Xususan, bugungi kunda «Özbekiston havo yöllari»ning zamonaviy va qulay avialaynerlari Yevropa va Osiyoning 50dan ortiq şaharlariga doimiy, Alyaskadan to Yangi Zelandiyagaça charter reyslarini amalga oşiradi.


Özbekistonlik uçuvçilar A320, Boeing-757/767, Il-114-100 kabi havo kemalarida parvozlar amaliyotini özlaştirib, bugungi kunda eng zamonaviy bölgan Boeing-787 Dreamliner samolyotlarini ham boşqarmoqda. 25 yil mobaynida sohada köplab loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirildi, Özbekistondagi 11ta aeroport xalqaro maqomga ega böldi, yangi qatnovlar yölga qöyildi, zamonaviy aerovokzallar qurildi, rekonstruksiya qilindi.

Özbekistonning «Navoiy» aeroporti negizida barpo etilgan xalqaro intermodal logistika markazini alohida e'tirof etiş joiz. U mintaqadagi yuqori texnologiyali va ulkan aviayuk taşiş majmuasi hisoblanadi. Bugungi kunda, uşbu markaz Özbekistonni Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena, Saragosa, Oslo, Bazel, şuningdek, Dubay, Dehli, Tehron, Inçon, Tyanzin, Xanoy va Şanxay kabi asosiy logistika markazlari bilan boğlamoqda.














