Berlin meri Mixael Myuller Donald Tramp nomiga yozgan oçiq maktubini taqdim etdi. Unda AQŞning Meksika bilan çegarasida devor qurmaslikka çaqirgan.
Maktub Berlin.de portalida e'lon qilindi. Unda Myuller 1989 yilgaça Şarqiy va Ğarbiy Berlinni ajratib turgan Berlin devori haqida ham eslatib ötgan.
"Biz, berlinliklar, aksariyat insonlardan farqli ravişda bu naqadar oğriqli masala ekanligini yaxşi bilamiz. Butun qit'a tikonli sim va devorlar bilan ajratib olinişi yaxşi emas", - degan Myuller. Uning qöşimça qilişiça, Berlin devorining buzilişi 20 asrning eng yirik voqealaridan biriga aylangan.
Uning sözlariga köra, berlinliklar tarixiy tajribasiga "mağzava ağdarişlariga" yöl qöymaslik lozim.
"Men amerikalik prezidentga murojaat qilaman: avvalgi yetakçilardan biri Ronald Reyganni eslang. Uning "Bu devorni buzib taşlang!" sözlarini xotirlang. Şuning uçun men ham aytmoqçiman: janob prezident, bu devorni qurmang!", - deya xulosa qilgan Berlin hokimi.
Joriy haftada AQŞ prezidenti Donald Tramp özining saylovoldi va'dalaridan birini bajardi – Meksika bilan çegarada devor quriş haqidagi farmonga imzo çekdi. Uning sözlariga köra, bu iş "yaqin oylar içida boşlanadi".












