Linkolnşir grafligidan bölgan britaniyalik Aldi's Lincoln dökonida nayrang körsatib, 330 funt sterling "işlab olişga" muvaffaq böldi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Voqea 2 yanvarda yuz bergan, biroq uning tafsilotlari endigina paydo böldi. Graflik politsiyasining aniqlaşiça, erkak dökondagi peştaxtalardan birida turgan televizorni olib, kassa oldiga borgan. U kassirga sotib olingan mahsulotni qaytarib bermoqçiligini, biroq çeki yöqligini aytgan.
Kassir dökon boşqaruvçisini çaqirtirgan. Boşqaruvçi televizor uçun haqni qaytarib berişni buyurgan. Erkak pulni olgaç, dökondan çiqib ketgan. U hozir qidiruvga berilgan.












