"Çegara bilmas şifokorlar" xalqaro insonparvarlik taşkiloti Somalida faoliyatini töxtatgandan 3 yil ötib yana bu mamlakatga qaytmoqçiligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi.  

Taşkilot Somalini 2013 yilda tark etgandi. Ungaça MSF bu mamlakatda 22 yil işlagan. Taşkilotda ma'lum qilinişiça, taşkilot faoliyatining töxtatilişi uning xodimlari xavfsizligi yomonlaşgani bilan boğliq bölgan.

Somali respublikasi 1991 yilda Siad Barre diktatorlik tuzumi qulagandan keyin yaxlit davlat sifatida mavjud bölmay qöygan. Xalqaro hamjamiyat mamlakat poytaxti Mogadişo va uning atrofidagi bir qator tumanlarni nazorat qiluvçi federal hukumatni yagona qonuniy hokimiyat deb tan oladi. Somalining qolgan qismlari tan olinmagan tuzilmalar tomonidan nazorat qilinadi yoki özini boşqaruvçi hududlar hisoblanadi. Mamlakatning janubi va şimolidagi ba'zi tumanlarda mahalliy klanlar va radikal harakatlar hukmronlik qiladi.