Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQŞ rahbari Donald Trampning qoçqinlar va Meksika bilan çegarada devor quriş haqidagi farmonlariga öz fikrini bildirdi. U “hozir devorlar quradigan vaqt emasligini” aytib ötgan, deb xabar berdi Tasnim naşri.
“Bugun millatlarimiz örtasida devor quriş uçun qulay vaqt emas. Nima, ular köp yillar muqaddam Berlin devori qanday qilib qulaganidan bexabarmilar?”, - dedi u.
Ruhoniyning ta'kidlaşiça, “millatlar örtasida devorlar bölsa ham, ularni olib taşlaş kerak”.
Eron prezidenti sözlariga köra, ayni damda barçamiz madaniyat, ilm-fan va boşqa bir qator sohalarda qöşniga aylanganmiz. Texnologiyalar esa bizga turli mamlakatlar örtasidagi juda ham yirik masofalarni tezlik bilan bartaraf etiş imkonini bergan.
“Bugun heç kim globallaşuv jarayoniga qarşi çiqa olmaydi”, - deb ta'kidladi Ruhoniy.
Avvalroq Tramp Meksika bilan çegarada devor quriş haqidagi farmonga imzo çekkandi. Uning sözlariga köra, u Meksikadan olib kirilayotgan import mahsulotlariga qöşimça soliq kiritişi mumkin. Bu devor qurilişiga sarflangan mablağlar örnini qoplaş maqsadida amalga oşirilişi ehtimolga yaqin.












