Fransiya hukumati şirin va gazli içimliklar sotuvçi qurilmalarni aholida semirişning avj olişi holatlarini kamaytiriş maqsadida restoran, kafe, oşxona va boşqa umumiy ovqatlaniş muassasalarida taqiqladi.
Endi Fransiya restoranlarida şirin içimliklarga çegarasiz ega böliş uçun qat'iy narx örnatiş va ularni bepul taklif qiliş taqiqlanadi. Çegarasiz sotilişi taqiqlangan içimliklarga şakar yoki şirin ta'm beruvçi moddalarga ega alkogolsiz içimliklar, jumladan sport içimliklari kiradi.
Yangi qonunning maqsadi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga köra "yoşlar orasida semiriş, ortiqça vazn va qand kasalligining avj olişi xavfini kamaytiriş"dan iborat. OAV ma'lumotlariga köra, Fransiyada ayni vaqtda semizlikka ega odamlar soni Yevropa Ittifoqi böyiça örtaça körsatkiçdan past bölsa-da, biroq bu körsatkiç ösişda davom etmoqda.












