"2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bağişlangan media-haftalikning sönggi kunida köplab mehmonlar, diplomatik korpus vakillari, elçixona vakillari, xorijiy ekspertlar iştirok etişmoqda. Kun.uz muxbiri Özbekistondagi "Mintaqaviy muloqot" (Regional Dialogue) NNT rahbari Myuşa Sever bilan suhbat qurib, taşkil etilgan media-haftalik haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
"Men bir yildan beri Özbekistonda ötkazib kelinayotgan press-klublarni tölaqonli yoqlab kelaman va bugungi katta anjuman bilan barçani tabriklayman. Men turli mavzularda bölib ötayotgan ommaviy muhokamalarni har tomonlama qöllab-quvvatlayman. Hozir islohotlar davridamiz. Mazkur islohotlarni amalga oşiriş strategiyasi böyiça ötayotgan muhokamalar va ularni aholiga yetkaziş juda ham muhim ahamiyatga ega.
Şu örinda mazkur tadbirlarni jamoatçilikka, insonlarga oçiq namoyiş etişda OAVning roli va imkoniyatlari katta".
Şuningdek, mamlakatimizdagi Mintaqaviy muloqot rahbari prezident tomonidan ilgari surilgan "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi" haqida ham öz fikr-mulohazalarini bildirdi:
"Taqdim etilgan strategiyaning yönalişlarini töğri va örinli, deb hisoblayman. Men mazkur strategiyani bir neça yillardan beri qöllab kelaman. Bizning taşkilot uning amaliyotda joriy etilişiga yordam berişda davom etadi. Bu katta vazifa va biz uni amalga oşiriş uçun birlaşib, hamkorlikda işlaşimiz zarur".
Eslatib ötamiz, "Mintaqaviy muloqot" Özbekistondagi filiali 2011 yildan beri faoliyat olib boradi. Myuşa Sever esa mamlakatimizda 2003 yildan buyon işlab kelmoqda.











