Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan amerikalik aktrisa Lindsi Lohan bilan uçraşdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Lohan özining “Instagram”dagi sahifasida Erdöğan bilan uçraşuvdan olingan fotosuratni taqdim etdi. Şu bilan bir qatorda, u avvalgi barça suratlarini öçirib taşlagan.
Ta'kidlanişiça, Turkiya poytaxtidagi prezidentlik saroyida bölib ötgan uçraşuvda, şuningdek, prezident rafiqasi Amina Erdöğan va Halablik yetti yoşli qizça Bana al-Obod onasi bilan birga iştirok etgan.
Agentlik ma'lumotiga köra, matbuot uçun yopiq tarzda bölib ötgan uçraşuvda Holivvud yulduzi suriyalik qoçqinlarga kömak berayotgan Turkiya davlati pozitsiyasiga yuqori baho bergan.
Lohanning sözlariga köra, Turkiya dunyodagi köplab davlatlardan farqli ravişda Suriya xalqi fojiasiga bee'tibor bölmadi.
«Turkiyaga kelişdan qörqadiganlar ham bor. Biroq men bu yerda özimni juda ham yaxşi his qilmoqdaman», - deya ta'kidlab ötdi aktrisa.

Avvalroq turli OAVlarida aktrisa Islom dinini qabul qilgani hamda “Instagram”dagi sahifasida şaxsiy ma'lumot bölimiga “Alaikum salam” sözlarini yozib qöygani xabar qilingandi.












