Melburnda davom etayotgan Australian open musobaqasining erkaklar örtasidagi ikkinçi finalçi nomi ham ma'lum böldi. 

Turnirning 9-tartib raqami ostida qayd qilingan Rafael Nadal bolgariyalik Grigor Dimitrov (15)ga qarşi kortga çiqdi. 4 soat 56 daqiqa davom etgan uçraşuvda ispaniyalik tennisçi, beş setda ğalaba qozondi — 6:3, 5:7, 7:6, 6:7, 6:4.

Uşbu ğalabadan keyin Nadal 2014 yildagi «Rolan Garros»dan buyon ilk marta «Ulkan toj» turkumiga kiruvçi musobaqalar finaliga yöllanma oldi. Şuningdek bu Nadalning 4-marta Avstraliya oçiq çempionatidagi finali hisoblanadi. Umumiy hisobda u 21-marta «Katta dubulğa» turkumidagi turnirlar finalida iştirok etişi böladi. 

Finalda Nadal özining azaliy raqibi Rojyer Federerga (17) qarşi kortga çiqadi. Federer keça bölib ötgan yarim final uçraşuvida vatandoşi Sten Vavrinkani beş setda mağlubiyatga uçratgandi. Sönggi marta ikkala sportçi 2011 yilda «Rolan Garros» finalida özaro töqnaş kelişgandi.

Bu ikki sportçi şu kunga qadar 34 marta röbaro‘ kelgan bölib, unda Nadal ğalabalar soni böyiça 23-11 hisobida ustun bölib turibdi. «Ulkan toj» musobaqalarida bu ikki raqibning finaldagi 9-töqnaşuvi böladi. Şu kungaça bu borada ham yaqqol ustunlik Nadal tarafida — 6-2.

Australian Open
Melburn, Avstraliya
Mukofot jamğarmasi – 50 000 000 avstraliya dollari
Rafael Nadal (Ispaniya) – Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 6:3, 5:7, 7:6, 6:7, 6:4.