Özbekistonda tadbirkorlar har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda, yetarliça şaroit va imkoniyatlar yaratib berilayapti. Kattaqörğon şahrida yaşovçi Tölqin Aminov ham ana şu imkoniyatlardan foydalanmoqçi böldi. Dösti Azizbek Ismoilovga rejasini aytdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
U bu fikrni qöllab-quvvatladi. Ikkalasi “Qörğon Stroy Servis” mas'uliyati çeklangan jamiyatini taşkil qilişdi. Azizbekni mazkur jamiyatning direktori vazifasiga rasmiylaştirişdi. Amalda esa MÇJ faoliyatini Tölqinning özi boşqaradigan böldi.
MÇJning işi yurişib, töğri yöldan ildam odimlay boşladi. Ammo vaqt ötgan sayin bu şaxslar boriga qanoat qilmay, köngillari qinğir yöllar bilan köproq pul topişni qömsab qoladi.
Ana şu niyatda ular tumandagi kasb-hunar kollejlarining biriga yöl olişdi. Direktor Nurali Berdiyev, kollej boş hisobçisi Şavqiddin Umirov va uning yordamçisi Tal'at Hamroyev ikkovlonni oçiq çehra bilan kutib olişdi. Tölqin va Azizbek öquv dargohining rahbarlariga muddaosini aytarkan, qanday qilib mömay pul işlab oliş “sirlari”ni tuşuntirdi. Buning qarangki, ularning heç biri “Bu iş qonunga xilof, unday qilmaylik”, demadi. Mehmonlarning rejasi qöllab-quvvatlandi.
Öylangan rejaga binoan beşovlon işga kirişadi. Aslida kollejda heç qanday tender tanlovi ötkazilmagan bölsa-da, göyoki kollejning ustaxona binosining tom qismida 120 mln. sömlik ta'mirlaş işlari bajarilişi yuzasidan tanlov ötkazilganligi, unda uçta quriliş korxonasi iştirok etganligi va natijaga köra, “Qörğon Stroy Servis” mas'uliyati çeklangan jamiyati ğolib çiqqanligi töğrisida tanlov komissiyasi yiğilişining bayoni tuziladi. Şundan söng MÇJ va kollej örtasida ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş yuzasidan ikki tomonlama pudrat şartnomasi imzolanadi. Hujjatlarga esa soxta ma'lumotlar kiritiladi. Deraza romlari, tarnovlar örnatiş kabi jami yetti iş turi böyiça umuman bajarilmagan 45 mln. 395 ming sömlik ta'mirlaş işlari ham qöşib yoziladi va mazkur summaning tölanişiga erişiladi. Pullarni esa beşovlon özaro taqsimlab, öz manfaatlari yölida sarflab yuborişadi.
Tekin pul moydek yoqqan bu şaxslar endi kollejning sport zali va faollar zali tom qismini ham “ta'mirlaşadi”. Yana ikki tomonlama şartnoma tuzilib, obektda 122 mln. 811 ming sömlik ta'mirlaş işlari bajarilganligi haqidagi hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritiladi. Ya'ni aslida bajarilgan işlar 54 mln. 865 ming sömga oşiriladi. Qöşib yozilgan bu mablağlar ham çöntaklarga joylanadi.
Ammo vaqti kelib ularning bu siri oçildi. “Yopiğliq qozon yopiğligiça qoladi”, deb öylagan Tölqin Aminov, Azizbek Ismoilov, Tal'at Hamroyev, Nurali Berdiyev va Şavqiddin Umirovlarga sud hukmi bilan tegişli jazo tayinlandi.












