Bugun, 29 yanvarda Olmaotada 2017 yilgi Universiada oçiliş marosimi bölib ötmoqda. Minglab tomoşabinlar "Almati Arena" muz saroyiga yorqin şouning bevosita guvohi böliş uçun yiğildilar.
Maydon markazida sahna, yon tomonda ötov örnatilgan. Sahna Olmaotaning ramzi bölgan olma daraxtlari bilan öralgan. Sahnaning özi esa hayot, donişmandlik va muhabbat ramzi bölgan yaproq şaklida bajarilgan.
Qişki talabalar öyinining maş'alasi yoqildi. Maş'alani birinçi bölib şahar akimi (hokimi) Bauirjan Baybek olib ötdi.
Olmaotadagi qişki Universiada unda iştirok etayotgan davlatlar va universitetlar miqdori böyiça bir neça rekordlar örnatişga ulgurdi. Bugunga kelib unda 57 ta davlatdan iştirokçilar röyxatdan ötganlar, yana 1700 nafar sportçi va 1000 nafar rasmiy şaxslar kelişi kutilmoqda. Butun dunyoning 578 ta universitetidan talabalar medallar uçun kuraş olib boradilar. Universiadaning sportçilar qişloğiga 1200 sportçi joylaşib böldi.





























