Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel bölğusi saylovlarda kanslerlik lavozimiga hukmron koalitsiya nomidan umumiy nomzod böladi. Merkel Germaniya «Nasroniy-demokratik ittifoqi» rahbari hisoblanadi. Bu haqda, Bavariya boş vaziri Xorst Zeyexofer Bild am Sonntag naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi. Zeyexofer hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvçi «Nasroniy-sotsial ittifoqi» rahbaridir. 

Uning sözlariga kiruvçi NSI federal saylov kampaniyasida öz nomzodini ilgari surmaydi. 

«NDI yetakçisi kansler Angela Merkel NDI va NSIdan yagona nomzod böladi», — degan Zeyexofer. 

Bundan avvalroq, NSI Germaniya taşqi işlar vaziri Frank Valter Ştaynmayyerning Germaniya federal prezidentligiga nomzodini qöllab-quvvatlagan edi.