Braziliyalik maşhur futbolçi Ronaldino heç qaçon murabbiy bölmasligini tuşunib yetgani haqida gapirib ötdi.

«90 daqiqa davomida öyinni kuzatib tura olmayman, sababi bu vaqt davomida qattiq xavotir olişimga töğri keladi. Menga eng yaxşi vaziyatlar va gollarni tomoşa qiliş yoqadi xolos. Mana nima sababdan men heç qaçon murabbiy bölmayman» - deya Ronaldinoning sözlarini keltiradi Tribuna.uz.

36 yoşli futbolçi 2015 yilda «Fluminense»ni tark etganidan buyon futbol öynagani yöq. Biroq u yaqin vaqtlarda faoliyatini qayta tiklaş niyatida yuribdi.