AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Rossiya xalqiga baxt va farovonlik tilaşini yetkazib qöyişni söradi hamda amerikaliklar Rossiya va uning fuqarolarini yoqtirişlarini aytdi.   

Putin öz navbatida Rossiya amerikaliklarga nisbatan ham şunday iliq munosabatda ekanligini ta'kidlab ötdi. 

"Putin bizning davlat (Rossiya) ikki yuz yildan köproq vaqt davomida Amerikani qöllab-quvvatlagani, ikkita jahon uruşlarida uning ittifoqdoşi bölganini va hozirda AQŞni xalqaro terrorçilikka qarşi kuraşdagi muhim hamkori sifatida körişini eslatib qöydi", deyilmoqda Kreml bergan xabarda.

Avvalroq 28 yanvarda Putin va Tramp örtasida bölib ötgan suhbat 50 daqiqaga yaqin davom etgani ma'lum qilingandi.