Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ichki turizmga doir qaror qabul qilinadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi davomida mamlakatimizni kelgusida barqaror rivojlantirishda turizm sohasi muhim o‘rinni egallashi, ushbu tarmoqning taraqqiy topishiga davlatimiz tomonidan katta e'tibor qaratilayotganini alohida ta'kidladi. Ayni shu maqsadda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tashkil etilganligi qayd qilindi.
Shu o‘rinda muhim masala - Xivaning ichki turizmiga urg‘u berildi. "Ichki turizm bo‘yicha qaror qabul qilish kerak. Masalan, hamma yerga poyezd yuradi. Andijongacha poyezd boradi va bu yerga keladi, avval yo‘q edi, hozir bor. O‘zimizning O‘zbekiston tarixini o‘rganish bo‘yicha Xiva va Urganchni ziyorat qilib, o‘rgatish kerak.
Ertangi kunimizga o‘zimiz zamin yaratmasak, bizga hech kim buni qilib bermaydi. "Sendan harakat, mendan barokat" deyishadi. Qanday bo‘lmasin, o‘qish, o‘rganish va izlanish kerak", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026