Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen amerikalik hamkasbi Donald Trampning ba'zi musulmon mamlakatlar fuqarolarining AQŞga kirişini taqiqlovçi farmoni millatçilik ekani va uning "havaskorlarça" qabul qilinganini aytdi. U Standard naşriga bergan intervyusida şunga töxtalib ötdi. 

"Ayonki, mutlaqo havaskorlarça qabul qilingan va amalga oşirilgan mazkur farmon - kamsitişdan boşqa narsa emas. Men bundan avval Donald Trampning saylov oldi kampaniyasi uslubi va mazmunini tanqid qilganman", - dedi Van der Bellen. 

Şuningdek Avstriya prezidentining fikriça, AQŞning yangi rahbariyati siyosatidan yolğiz u xavotirda emas. 

"Masala şundaki, biz, yevropaliklar nima qila olamiz? Bu beixtiyor Yevroittifoqqa taşvişli signal bölişi mumkin. Biz şu yönalişda harakatlanişni istaymizmi? YeI mamlakatlari XX asrda köplab balo-qazolarga sabab bölgan millatçilik - boşi berk köça ekanligini tuşunib yetişga tayyormi?", - dedi Avstriya prezidenti.