Politico Amerikaning yangi prezidenti "isyonkor" Donald Tramp va "siyosiy faol" Rim papasi Frantsiskni nima boğlab turişi haqida maqola çop etdi. 

"Donald Tramp globallaşuvga qarşi çiqdi va sodiq izdoşlar könglini ovlaş uçun misli körilmagan ommaviy kampaniyani yölga qöydi - u buni köpinça Twitter'da amalga oşirdi. Frantsisk töğrisida ham xuddi şunday deyiş mumkin", - ta'kidlaydi muallif. 

"U ham xalqqa köpinça Tramp kabi ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qiladi. Tramp kabi öz çiqişlarida improvizatsiyaga yöl qöyadi. Tramp kabi özi heç qanday röyxuşlik bermaydigan "olomon"ga duç kelişiga töğri keladi", - deyiladi maqolada. 

Vatikanga ixtisoslaşgan tahlilçi Iakopo Skaramutstsining ta'kidlaşiça, hozirgi Papa uçun populizm "yomon söz" emas, çunki uning madaniy va diniy arkonlari xalq haqidagi öy-fikrlarga asoslangan. "Biroq agar sen "xalq papasi" bölsang, u holda muammolarga duç kelasan, çunki şu xalqning özi Trampga ovoz berdi", - deya qöşimça qiladi ekspert. 

"Ommaga bir xil usulda ta'sir körsatişiga qaramay, bu ikki insonning siyosiy va'dalari qarama-qarşidir. Ularning populizm versiyalari sezilarli darajada farq qiladi va bu yaqin oylarda ular örtasida nizo keltirib çiqarişi mumkin", - deya taxmin qiladi muallif. 

Ular köp masalalarda hamfikr emaslar - migratsiyadan tortib to Amerika qadriyatlarigaça. Xususan, Frantsisk devor qurişga urinadigan inson "nasroniy emas"ligini ta'kidladi. Tramp bunga özining Facebook sahifasi orqali munosabat bildirdi - "Agar IŞID Vatikanga hujum qilganda edi, Rim papasi AQŞni aynan milliarder boşqarişini sörab iltijo qilgan bölar edi". 

Hozirça esa Frantsisk Trampga nisbatan "kuzatuvçi" pozitsiyasini egalladi. El País naşriga bergan intervyusida u "vaqtidan ilgari hukm çiqarişni istamasligi"ni va AQŞning yangi prezidenti nimalar qilişini köriş lozimligini ma'lum qilgan.

Jon Karr, Jorjtaun universitetidagi katolik dastur direktori Crux naşriga bergan intervyusida dunyoda röy berayotgan sönggi hodisalar katoliklarni turli yönalişlarga bölinişga majbur qilayotganini ta'kidladi.