Toşkentning «Obod» klubi boş murabbiyi Rauf Inileyev Moskvaga jönab ketdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.

Manbaga köra, mutaxassis Rossiya poytaxtida jarrohlik stoliga yotqizilgan. Inileyevning qaysi xastalik bilan kasalxonaga yotqizilgani borasida ma'lumotlar yöq. Murabbiy soğiligi tiklaganidan söng «Obod»dagi işini davom ettiradi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilgi mavsum yakunlanganidan söng Rauf Inileyev «Obod» klubi boş murabbiyi etib tayinlangan edi.