Yakuniga yetgan hafta voqealarga boy bo‘ldi. Ispaniyadagi shov-shuvlar, Angliyadagi futbol shoulari, Italiyadagi yetakchilarning muvaffaqiyatsizliklari... Tribuna.Uz uik-endning eng esda qolarli voqealarini eslab o‘tishga qaror qildi.
Yana jabrdiyda rolida «Barselona»
«Golni aniqlash texnologiyasi? Ispaniyaga bu qimmatlik qiladi», degandi «Real»ga ishqibozlik qilishini yashirmaydigan La-liga prezidenti Tebas. O‘tgan haftaning yakuni Ispaniya chempionati tashkilotchilariga mablag‘dan jihatidan emas obro‘ jihatdan yaxshigina qimmatga tushdi, deyish mumkin. «Betis»ga qarshi uchrashuv bosh hakam Ernandes Ernandes «Barselona»ning chiziqni bir metr kesib o‘tgan golini hisobga olmadi. Bu esa tanqidchilarning keskin munosabatlariga sababchi bo‘ldi. «Barselona» bosh murabbiyi Enrike bu borada ehtiyotkorroq fikr bo‘ldirgan bo‘lsada, hakamlarga yordam zarurligini eslab o‘tdi.
Bu bilan Ispaniyada hakamlik mavzusi yopilib qolmadi. Chempionlik uchun yana bir da'vogar «Sevilya» futbolchisi Parexa ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan siylandi. Natijada jamoa Barselonadan mag‘lubiyat bilan qaytdi. Bundan esa «Real» unumli foydalanib qoldi. «Sosedad»ni yirik hisobda mag‘lub etgan madridliklar bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda raqiblarini 4 ochkoga ortda qoldirib ketmoqda.

















