Ispaniya poytaxti Madrid şahri hokimi Manuela Karmena AQŞ prezidenti Donald Trampni Adolf Gitler bilan taqqosladi. Bu haqda ABC gazetasi xabar berdi.

Uning ma'lumotiga köra, şahar rahbari Oq uy yetakçisini AQŞdagi muhojirlik siyosatini kuçaytiruvçi sönggi qarorlari sabab tanqid qildi. “Biz bu qonuniy yöl bilan tayinlangan hukumat ekanligini hamda uni fuqarolarning aksariyat qismi qöllab-quvvatlaşini bilamiz. Biroq XXI asrda inson huquqlarini juda ham qöpol ravişda buzayotganliklari guvohiga aylanmoqdamiz. Bu holat avval ham qöllab-quvvatlaşgan bir hukumatdagi kabi takrorlanmoqda”, - degan Karmena hokimiyatdagi yiğiliş avvalida.

ABC Karmena Trampni Gitler bilan taqqoslagani borasida aniq iqtiboslarni keltirmadi. Biroq bunday öxşatiş haqiqatdan ham bölganini boşqa Ispaniya OAV: EFE axborot agentligi, El Pais gazetasi ham tasdiqladi.

Şahar hokimi sözlaridan söng “Fuqarolar” partiyasi va Ispaniya işçilar sotsialistik partiyasi vakillari qarsak çalişgan bölsa, Xalq partiyasi vakilasi Esperansa Agirre Karmena fikrlari bilan qöşilmasligini ma'lum qilib, Amerika rahbariyati qarorlari “yoqiş yoki yoqmasligi mumkin” deb ta'kidlab ötgan. Agirre “dunyodagi eng yomon totalitarizm tuğilgan Yevropadan demokratiya darslarini” bermaslikka çaqirdi.

Avvalroq Tramp “Mamlakatning xorijiy terrorçilar kirib kelişidan himoyasi töğrisida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelişini taqiqlab qöydi. Hujjat şuningdek barça qoçqinlarni qabul qilişni 120 kunga töxtatib turiş hamda Suriyalik qoçqinlarni qabul qilişni noma'lum muddatga qoldirişni ham nazarda tutadi.