29 yanvar kuni soat 19.00da "Mening yurtim" telekanalida Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimov haqida hujjatli film namoyiş etildi.
"Mustaqil Özbekiston asosçisi" hujjatli film YouTube portaliga joylaştirildi.
Bu film Özbekistonning eng oğir va murakkab buriliş davrida unga yetakçilik qilişni zimmasiga olgan inson, mard va oqil siyosatçi — Islom Karimov haqida.
Filmda Islom Karimovning hayoti, buyuk madaniyat va tarixga ega bölgan xalqni hurlikka yetaklagan davrlari, mamlakat tinçligi va osoyiştaligi yölida amalga oşirgan işlari, Özbekistonni uzoq yillik istibdoddan keyin mustaqil va özini tiklab olgan davlatga aylantiriş yölidagi qadamlari aks ettirilgan. Bu filmda özbekistonliklar birinçi prezidentning soğinilgan ovozini, uning xalqqa, öz ta'biri bilan aytganda, "farzandlari"ga murojaatlarini yana tinglaydi, közlar yoşlanadi...
Film mustaqil davlatning 25 yillik tarixidagi asosiy voqealarni qamrab olgan. Filmda bir-biridan ta'sirli lavhalar örin olganki, bu lavhalar uçun uni yana takror tomoşa qiliş mumkin.
Bu film uçun "Mening yurtim" telekanali ijodkorlariga minnatdorçilik bildirgan holda qöşimça qilib aytiş mumkinki, Islom Karimovdek murakkab şaxs haqida yanada zalvorli film oliş ham mumkin va Özbekiston xalqi bunday taşabbusni kutib qoladi.












