«Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes Madridning «Atletiko» klubidan taklif oldi. The Sun xabariga köra, madridliklar uşbu futbolçini yozda «MYu»ga ötib ketişi kutilayotgan Antuan Grizmann örniga olib kelmoqçi.
28 yoşli çililik futbolçi «Arsenal» bilan 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan şartnomasini uzaytirmayapti va Madrid klubi tomonidan berilgan foydali taklif haqida öylamoqda.
Ayni paytda London klubi unga haftasiga 190 ming yevro maoş taklif qilmoqda, «Atletiko»ning taklifi miqdori esa 257 ming yevro.
Xabarda futbolçining özi Madridga köçib ötib, Diyego Simeone qöl ostida töp surişga qarşi emasligi qöşimça qilingan.












