Seşanba kuni ertalabki savdolarda neft narxlari AQŞdagi burğulaşning faollaşişi fonida pasaydi.

Soat 11.27 da Brent turidagi neft fyuçerslari 0,11 foizga pasayib, bir barrel uçun 55,17 AQŞ dollarini taşkil qildi.

Amerikaning WTI nefti fyuçerslari bu vaqtda 52,49 dollardan sotilgan, ya'ni avvalgi savdo kuni yopilgandan 0,27ga kamroq.

Brent yanvardagi maksimal çöqqidan 5,6 foizga tuşib ketgan bölsa, WTI – 3 foizga pasaydi.

AQŞdagi burğulaş qurilmalari soni ötgan hafta davomida 15ta köpayib, 566tani taşkil qildi. Bu 2015 yilning noyabridan beri eng yuqori körsatkiç.

Tahlilçilar fikriça, burğulaş işlari va AQŞdagi neft qazib olişning faollaşişi OPeK va kartelga kirmaydigan davlatlarning qazib oliş hajmini kamaytiriş töğrisidagi kelişuvidan farqli ravişda yuz bergan.

"Narxlarning oşişi (neftga) AQŞdagi işlab çiqariş hajmini köpayişiga olib keladi. U yerdagi burğulaş qurimalari soni hozirdan ortib bormoqda", - deya aytib ötişdi Jefferies banki tahlilçilari.

Şu sababdan bank Brent’ga bölgan narxlar başoratini özgarişsiz qoldirdi: 2017 yilda u taxminan bir barrel uçun 57,75 AQŞ dollaridan sotilsa, 2018 yilda – barrelga 71,75 dollar.

AQŞda neft qazib oliş hajmi 2016 yilning örtasidan 6,3 foizga ortib, bir sutkada 8,96 million barrelga yetdi, deb körsatib ötişgan AQŞ energetika ma'lumoti boşqarmasida.

Goldman Sachs taxminiga köra, AQŞda neft qazib oliş "2017 yilda sutkasiga 290.000 barrelga oşadi".