Nigeriyada 130 nafar rafiqasi va 203 nafar farzandi borligi bilan maşhur bölgan Alxoji Muhammad Abubakar Bello Masaba 93 yoşida vafot etdi, deb xabar bermoqda Daily Trust naşri.
Imomlik qilgan erkak hayotligida "super köp xotinli erkak" deb tan olingandi. Masaba intervyularidan birida jurnalistlarga uning hayotidagi eng qiyin iş – şunday katta oilani eplaş bölganini va bunda unga "Tangrining özigina yordam berişini" tan olgan.
Masabaning köp xotinlik borasidagi qaraşlarini hamma ham ma'qullamagan. U 84 yoşda, xotinlari va farzandlari mos ravişda 86 va 170 nafar bölganda, islom sudi undan Qur'onda aytilgandek, 4 nafar xotinni qoldirişni talab qilgan. Aks holda, u ölim jazosiga tortilişi mumkin edi. Bunga javoban Masaba Qur'onda 4 nafardan köproq xotinga ega bölganlik uçun jazolaş kerakligi haqida heç narsa aytilmagani vaj qilgan.












