Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va şaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bölişi kerak" nomidagi kitobi "Özbekiston" naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan naşr etildi.

Kitobdan davlat rahbarining şu yil 14 yanvar kuni bölib ötgan, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yakunlari va 2017 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi örin olgan. 

Çuqur tahlil va tanqidiy yondaşuvga asoslangan uşbu risolada Özbekistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş sur'atlariga atrofliça baho berilgan. Ayni vaqtda iqtisodiyotni boşqariş, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yöl qöyilayotgan kamçilik va nuqsonlar oçiq va xolis tanqid qilinib, ularni bartaraf etiş böyiça amaliy takliflar ilgari surilgan. Turli sohalardagi mavjud ulkan imkoniyat va zaxiralarni töliq va samarali işga solişga jiddiy e'tibor qaratilgan. 

Özbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça 2017 yilga möljallangan ustuvor yönalişlar, jahon bozorida raqobat kuçayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş bilan boğliq muhim vazifalar ma'ruzada batafsil körsatib berilgan. Ayniqsa, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oşiriş, aholining turmuş darajasi va sifatini yaxşilaş, jumladan, şahar va qişloqlarimizda arzon va qulay uy-joylar quriş, yöl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş böyiça keng kölamli vazifalar ham kitobdan alohida örin egallagan.