Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, hozirda oliy ta'lim muassasalarining barça talabalariga semestrni qanday bahoda yakunlaşidan qat'i nazar bir xil miqdorda stipendiya tayinlanişi töğrisida qaror loyihasi körib çiqilmoqda. Xususan, bu haqda Facebook ijtimoiy tarmoğidagi Maslahat.uz guruhida yozilgan.
"Bu qaror baho ortidan quviş, yaxşi baho oliş uçun moddiy manfaat va ta'magirliklarning oldini olişga ozmi-köpmi xizmat qilişi şubhasiz", deya ilova qilingan xabarda.
Hozirça bu qaror rasman tasdiqlanmadi. Ayni vaqtda bu böyiça fikrlar örganilmoqda.












