AQŞ prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi öz sahifasida AQŞ muhojirlik siyosatini kuçaytiruvçi farmon haqida avvaldan xabar qilmaganiga izoh berdi.
«Taqiq haqida bir hafta avval ma'lum qilinganda, «yomonlar» mamlakatimizga hafta davomida yoğilib kelişardi. Yon-atrofda yomon «yigitlar» köp», - deb yozgan u.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati yakşanba kuni qoçqinlarni qabul qiliş va aholisi asosan musulmonlardan iborat bölgan yetti davlat fuqarolarini mamlakat hududiga kiritmaslik böyiça çeklovni bir qadar yumşatgani haqida xabarlar tarqadi. Bu nufuzli respublikaçilar tomonidan tanqid toşlari otilgaç, qolaversa, köçalardagi minglab amerikaliklar qatnaşgan norozilik namoyişlari fonida yuz berdi.












