Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki mamlakat örtasidagi tinçlik bitimini şaxsan imzolamoqçi ekanini ma'lum qildi. U bunday bayonot bilan parlament quyi palatasidagi byudjyet komissiyasi yiğilişida çiqqan.

"Men estafeta tayoqçasinini bermoqçi emasman. Men prezident Putin bilan tinçlik bitimini şaxsan imzolamoqçiman", - deya ta'kidlab ötdi Yaponiya boş vaziri. U yana bir bora "ikki mamlakat örtasidagi tinçlik bitimi 70 yildan beri imzolanmay kelayotgani yaxşi holat emasligini" ta'kidlab ötdi.

Şuningdek Abe Rossiyaga joriy yilda rasmiy taşrif bilan kelişini tasdiqladi. U Rossiya bilan janubiy Kuril orollarida hamkorlikdagi xöjalik faoliyatiga töxtalib ötib, bu "özaro işonçni oşirişi, şuningdek tinçlik bitimini imzolaş yölidagi katta qadam bölişini" ta'kidlab ötdi.

Moskva va Tokio ötgan asrning yarmidan boşlab Ikki jahon uruşi yakunlariga köra tinçlik bitimini işlab çiqiş masalasi böyiça tanaffuslar bilan maslahatlaşuvlar olib bormoqda. Bunda Kurilning janubiy qismi maqomi jiddiy tösiq bölib kelmoqda. Yaponiyada Xabomai deb ataluvçi Iturup, Kunaşir, Şikotan va bir qator kiçik orollar Sobiq Ittifoq tarkibiga uruş tugaganidan söng kirgan, biroq bu Tokio tomonidan rad etib kelinadi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga ötgan yilning 15-16 dekabr kunlari uyuştirgan taşrifi va Abe bilan uçraşuvi yakuniga köra qöşma bayonot qabul qilindi. Unda "Rossiya va Yaponiyaning janubiy Kuril orollarida hamkorlikdagi xöjalik faoliyati böyiça maslahatlaşuvlar boşlanişi tinçlik bitimini imzolaşda muhim qadam bölişi" aytiladi.