BAA taşqi işlar vazirligi rahbari Abdulla bin Zayid al-Nahayyan AQŞ prezidenti Donald Tramp muhojirlik farmonini imzolaş çoğida özining suveren huquqidan foydalandi, deb ma'lum qildi. Bu qaror ma'lum bir dinga qarşi qaratilmagan.
"Mamlakatlarda öz suverenitetini ta'minlaş böyiça qarorlarni qabul qilişda suveren huquq bor. AQŞ prezidenti bu huquqdan foydalandi. Bu qaror dinga qarşi qaratilgan, degan gap-sözlar tarqaldi. U aniq bir dinga qarşi qaratilmagan, bu qaror vaqtinçalik", - dedi al-Nahayyan jurnalistlarga.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp "Mamlakatning xorijiy terrorçilar kirişidan himoyasi töğrisida"gi farmonga imzo çekdi. U AQŞga 90 kun davomida yetti mamlakat (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) fuqarolari kirişini taqiqladi, şuningdek barça qoçqinlarni qabul qilişni 120 kunga töxtatib qöydi.












