Qozoğistonda investitsiyalar bilan şuğullanuvçi yangi milliy kompaniya yaratiladi. Bu haqda Qozoğiston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda NewTimes.kz axborot agentligi.
Suleymenovning aytişiça, prezident tanqidi örinli deb qabul qilingan, çunki Qozoğistonda hozirda investitsiyalarni jalb qiliş bilan bir neça taşkilot şuğullanmoqda.
"Şu munosabat bilan prezident tomonidan aniq topşiriq – "yagona darça" tamoyili asosida işlovçi yagona milliy kompaniyani taşkil qiliş vazifa qilib berildi", deb ma'lum qildi Suleymenov.
Suleymenovning ta'kidlaşiça, Qozoğistonda investitsion muhitning yaratilişi nafaqat milliy iqtisodiyot vazirligi, balki butun hukumatning vazifasidir.
"Investitsiyalarni jalb qiliş – bu investorni qölidan tortib olib keliş emas, balki yaxşi investitsion va biznes-muhitni yaratiş demakdir", deb ta'kidlab ötdi vazir.












