O‘zbekiston Afg‘onistonga nisbatan siyosatini o‘zgartiradi

O‘tgan haftada tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga tashrif buyurgani xabar qilingan edi.
O‘zbek delegatsiyasi Afg‘oniston poytaxtiga uyushtirgan safari chog‘ida ushbu mamlakat prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. U «mintaqaviy siyosatga doir masalalar bo‘yicha tomonlar vakillarining qarashi to‘liq mos kelishi»ni aytdi. Ashraf G‘ani O‘zbekiston tomonining yaqin orada Toshkentga tashrif buyurishga doir taklifini qabul qildi. Tomonlar muzokaralar chog‘ida O‘zbekistondan Afg‘onistonga va aksincha yuklarni tranzit qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga kelishib olishdi.
24 yanvar kuni ushbu tashrif doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir «yo‘l xaritasi» imzolandi. Uni hayotga tatbiq etish qisqa muddatlar ichida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasini 1,5 mlrd dollarga yetkazishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, Kobul va Toshkent vakillari «transport infratuzilmasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib olishdi. Bu esa, o‘zbek tomonining temir yo‘l va avtoyo‘llarga doir qo‘shma loyihalarda ishtirokini ta'minlaydi».
Yanvar oyi oxirlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ishtirokchilari, xavfsizlik masalasi bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzishga ham kelishib olishdi. Ikki davlat ichki ishlar mahkamalari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga hamkorlikda qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvni imzolashdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Afg‘onistonga tashrif buyurgan tadbirkorlar 50 mln dollarlik dori-darmonlar va tibbiy anjomlar, «tez yordam» avtomobillari, bug‘doy, maishiy texnikalarni yetkazib berishga doir qator shartnomalarni imzolagan.
Rasmiy Toshkent vakillariga ko‘ra, «afg‘on muammosi faqat tinch siyosiy muzokaralar natijasida erishiladigan milliy afg‘on hamfikrligi asosida hal etilishi kerak. Buni BMT shafeligida hech qanday dastlabki shartlarsiz tashkil etish lozim».
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20
-
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

12:35 / 25.04.2025
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

20:43 / 17.04.2025