Amerikaning American Airlines aviakompaniyasi Kuba orolida özining ilk vakolatxonasini oçdi. Bu haqda El Nuevo Herald naşri yozmoqda.
AQŞ va Kuba davlati örtasidagi töğridan-töğri aviaparvozlar 55 yil muqaddam töxtagan edi. U ötgan yil 31 avgustida qayta tiklandi.
American Airlines esa Kuba bilan doimiy parvozlarni yölga qöygan uçinçi Amerika aviakompaniyasi böldi. 2016 yil sentabridan Mayami – Senfuegos hamda Mayami – Olgin yönalişlari böyiça reyslar amalga oşirilmoqda.












