Avstraliyaning Melburn shahrilik ayol dengizga sho‘ng‘igan vaqtida, kutilmagan mehmondan kayfiyati buzilgan sakkizoyoqni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi.
U g‘avvosni qo‘rqitish maqsadida hajmini bir necha marta kattalashtirib, tusini o‘zgartirgan, so‘ngra, hujum qilishga ham uringan.
Video muallifi Facebook sahifasida ma'lum qilishicha, u sakkizoyoqlarning bunday qilig‘iga ilk marta duch kelmoqda. "U kameradan ham uyalib o‘tirmadi", — deya hazil qilgan g‘avvos qiz.
Tasvirchining taxmin qilishicha, sakkizoyoq shunchaki och bo‘lgan va odamlar uning ertalabki oviga xalaqit berganidan norozi bo‘lgan.














