Instagram fotoservisi tez orada foydalanuvçilarga bir neça suratni bir urinişda joylaş imkonini taqdim etişi kutilmoqda. Bu haqida The Verge naşri xabar berdi. 

Naşrda ta'kidlanişiça, avval bu funksiyadan faqat reklama beruvçilar foydalanişlari mumkin edi, biroq endi ilovaning beta-test dasturi iştirokçilari ham uni qöllaş imkoniga ega bölişdi. 

Bir neça surat yoki videoni bir vaqtda taqdim etiş ularning har birini uzoq bosib turiş orqali amalga oşiriladi. Dasturda öntagaça surat yoki rolikni bittada joylaş imkoni mavjud, foydalanuvçilar ularni biryöla bir klikda qayta işlaşlari yoxud har biriga alohida filtr tanlaşlari mumkin böladi.

Beta-testerlarning guvohlik berişiça, hozirgi vaqtda mazkur funksiya töğri iş bermayapti: bir neça suratni bittada joylaşga harakat qilinganda ilova xato işlab, bu vazifaning uddasidan çiqmagan. The Verge'ga köra, fotoservis vakillari funksiyaning keng kölamli işga tuşiş muddatiga izoh berişdan voz keçişgan. 

"Umid qilamizki, u yaqin orada işga tuşadi, zero bu bizning lentamizni dam oliş maskanlari, bolalar va töylar kabi oxiri yöq suratlardan xalos etadi".