18:21 / 02.02.2017
8291

Putin Vengriyaga tashrif bilan bordi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriyaga rasmiy tashrif uyushtirdi. TASS xabariga ko‘ra, Rossiya rahbari Budapeshtda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashib, tor va keng doiralarda muzokaralar o‘tkazadi.

Ushbu siyosatchilar Ukraina va Suriyadagi vaziyatni ham muhokama etishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy sohadagi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, madaniy aloqalarni kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqishadi.

Budapeshtga safar davomida Rossiya prezidentiga Savdo-sanoat vaziri  Denis Manturov, Energetika vaziri Aleksandr Novak, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov,  «Vneshekonombank» rahbari Sergey Gorkov va «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachev hamrohlik qilmoqda.

Mavzuga oid
Top