Tojikiston milliy banki (TMB) qayta moliyalaş stavkasini 1,5 foizga oşirib, yillik 12,5 foizni qayd etdi. Bu haqida Asia Plus naşrida xabar berildi. 

31 yanvar kuni TMB pul-kredit siyosati qömitasining majlisida şunga muvofiq qaror qabul qilingan. 

"Mazkur qaror pul-kredit siyosatini samarali yuritiş va inflyatsiyani barqaror uşlab turişni ta'minlaş maqsadida qabul qilindi", - deyiladi xabarda. 

Oxirgi marta qayta moliyalaş stavkasi ötgan yilning iyulida 9 foizdan 11 foizga kötarilgan edi. 

Tojikistonda eng yuqori qayta moliyalaş stavkasi 2008 yilda (16 foiz), eng past stavka esa 2014 yil boşida (4,8 foiz) qayd etilgan.

Qayta moliyalaş stavkasi Markaziy bankning asosiy foiz körsatkiçi hisoblanib, banklararo pul bozorida Markaziy bankning tijorat banklari bilan böladigan operatsiyalarni amalga oşirişda qöllaniladi va iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining indikatori bölib xizmat qiladi.