AQŞ rahbariyati Eronga qarşi yangi sanksiyalar kiritişga tayyorlanmoqda, deb xabar bermoqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Manbalarning ma'lum qilişiça, bu 5 fevralgaça yuz berişi mumkin. Taxmin qilinişça, bu sanksiyalar ta'siri ostiga terrorçilikni qöllab-quvvatlaşda ayblanayotgan 8 ta taşkilot va ommaviy qirğin qurollari tarqatiş haqidagi farmon amal qiluvçi 17 taşkilot tuşadi.
Ta'kidlanişiça, bu sanksiyalar Eron bilan yadroviy dastur böyiça kelişuvga ta'sir qilmaydi.
Avvalroq Donald Tramp Eronning raketa sinovlariga harbiy javob berilişi mumkinligini aytgandi.












