Amerikalik olimlar uyquning maqsadini aniqlashdi

Foto: Fotolia
Uyquning maqsadi - insonga ortiqcha narsalarni unutib, yaxshilarini eslab qolishga yordam berish. 2 fevral kuni Science jurnalida chop etilgan yangi ilmiy ishlar "sinaptik gomestaz gipotezasi" nomi bilan mashhur bu nazariyani tasdiqlaydi.
Hisobotlardan birida gipoteza mualliflari, Viskonsin universiteti mutaxassislari Julio Tononi va Kyara Sirelli sinapslar (asab impulsini uzatish joylari) hajmi va shaklini o‘rganishga oid tajriba haqida ma'lumot berishgan, tajriba sichqonlarda o‘tkazilgan. Ma'lum bo‘lishicha, uyqudagi jonivorlarda bunday aloqa zonalari tetik kishilarga qaraganda 18 foizga kam bo‘lar ekan. Bunday tafovut mutaxassislarning o‘zlarini ham ajablantirdi.
Ikkinchi holatda Jons Hopkins universiteti xodimi Grem Diring xuddi shu gipotezani sinash uchun sichqonlar miyasidagi proteinlarni o‘rgangan. Natijada shartli belgi olgan Homer1A proteini topilgan - u uyqu vaqtida sinapslarning "kesilishi"da muhim rol o‘ynaydi. Genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar yordamida olimlar Homer'ning mavjudligi yoki yo‘qligi kemiruvchilar xotirasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatganini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Xususan, tadqiqot mualliflarining baholariga ko‘ra, mazkur proteinsiz uyqu jarayoni sichqonlarning qo‘rqinchli xotiralarini o‘chirmagan. Nazorat guruhida esa uyqudan keyin qo‘rquv yo‘qolgani ma'lum bo‘lgan.
The New York Times gazetasi bu tadqiqotlarni baholar ekan, boshqa mutaxassislar "yangi natijalar sinaptik gomestaz gipotezasining so‘zsiz isboti hisoblanmasligi"ni ta'kidlab o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
-
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi
Jahon | 14:36
-
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:27
-
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

13:12 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi

20:47 / 14.03.2025
Olimlar uyqusizlik va fitna nazariyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

14:36 / 04.01.2025
Kuniga 9 soatdan ko‘p uxlash insultga sabab bo‘lishi mumkin - tadqiqot

17:17 / 28.12.2024