Suriya poytaxtiga Vodi-Barada vodiysida joylaşgan asosiy çaşmadan suv yetkazib beriş 60 foizga tiklandi. Bu haqda jurnalistlarga BMT boş kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik xabar berdi. U şuningdek jangarilar qöporuvçilik harakati natijasida zarar körgan buloq va suv quruvlardagi ta'mirlaş işlari haqida töxtalib ötdi.

"Damaşqqa Vodi-Baradadagi buloqdan suv yetkazib beriş aholi iste'mol talabining 60 foiziga tiklandi. Bu bir qança ta'mirlaş işlaridan söng röy berdi", - dedi Dyujarrik. Uning eslatişiça, Damaşq va uning atrofidagi taxminan 5,5 million aholi ötgan yil dekabr oyidan buyon toza suv ta'minotidan butunlay mahrum bölgan.

Suriya Arab Respublikasi qurolli kuçlari qömondonligi yakşanba kuni Vodi-Barada vodiysi uzra nazorat örnatiş böyiça amaliyot ijobiy yakun topganini e'lon qildi. 
"Xavfsizlik va barqarorlik poytaxtdan ğarbda joylaşgan Bsima, Ayn-Xodra, Deyr-Mukrin, Ayn-al- Fiji, Deyr-Kanun, Kfir-Zayt, Al-Husayniya, Kafr-al-Avamid, Burxoliya, Vafra va Suk-Vodida tiklandi", - deyilgan hujjatda. Guvohlarning xabar berişiça, bu yerlarga qoçqinlar oilalari qayta boşlagan.

BMT boş kotibi rasmiy vakili xabar berişiça, butunjahon taşkilotining Vodi-Barada vodiysidagi şeriklari bu tumandan harbiy harakatlar tufayli qoçib ketgan taxminan 17,5 ming kişi öz uyiga qayta boşlaganini ma'lum qilgan.