Dunyodagi birinçi ixtisoslaştirilgan Belmond Royal Scotsman poyezdi tarkibidagi Bamford Haybarn Spa spa-vagoni Şotlandiya böylab aprel oyida qatnay boşlaydi. Bu haqda Belmond turistik kompaniyasining matbuot relizida xabar berildi.

Bamford Haybarn Spa spa-zonasida ikkita kabinet böladi. Xususan, muolajalar yoganing nafas oliş amaliyoti va yaponlarning şiatsu – issiq toşlar yordamidagi uqalaşidan iborat.

Belmond Royal Scotsman sayohatçilarni Şotlandiyadagi davomiyligi ikki-yetti sutka bölgan turli yönalişlar böyiça olib yuradi. U joriy yilda aprel oyidan oktabr oyi oxiriga qadar qatnaydi.

Ma'lumot uçun, Britaniyaning Belmond kompaniyasi Birlaşgan Qirollik, Yevropaning boşqa davlatlari, şuningdek, Osiyo va Janubiy Amerika böylab temir yöl qatnovlarini taşkillaştiradi.

Firma noyabrda London çekkasida yaşovçi hamda Angliya poytaxtiga işlaş uçun boruvçilarga oddiy elektriçka örniga qimmatbaho vagonlardan iborat poyezdni taqdim etdi.