Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaga 1 kunlik taşrifi davomida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşdi. Siyosatçilar Suriya va Iroqdagi vaziyatni muhokama etişdi.

Erdöğan «islom terrorizmi» atamasini iste'moldan çiqariş kerakligini ta'kidlagan.

Qöşma matbuot anjumani vaqtida Turkiya rahbari «islom terrorizmi» atamasidan foydalanişga yöl qöyib bölmasligi haqida gapirgan.

«Bunday ifoda qöllaş töğri emas. Islom dinini terrorizm bilan boğlaş kerak emas. Islom - tinçlik degani, bu dinning terrorizm bilan umumiy heç bir jihati yöq. Bu iborani qöllaş musulmonlarning diniy tuyğularini tahqirlaşdir», - degan Erdöğan.

Turkiya prezidenti IŞID tufayli ham «islom terrorizmi» atamasini qöllab bölmasligini ta'kidlagan.

«Aks holda Turkiya va boşqa musulmon davlatlari bunday bayonotlarga qarşi çiqadi. Musulmon davlatlari islom dini terrorizm bilan birga tilga olinganida jim qarab tura olmaydi», - deya qayd etgan Erdöğan.

«Men musulmon prezident sifatida buni qabul qila olmayman. Dunyoning heç bir davlati IŞIDga qarşi kuraşda Turkiya kabi harakat qilgani yöq. Anqara terroristlarga qarşi kuraşib kelmoqda va kuraşişda davom etadi», - degan turkiyaliklar rahbari.

Erdöğan PKK, PYD, YPG va Fathulloh Gulen taşkilotini ham terroristik taşkilotlar sifatida keltirgan.

«Agar Turkiyada davlat töntarişi amalga oşirmoqçi bölgan isyonçilar Yevropaga qoçib, Germaniyadan qönim topgan bölsa, rasmiy Berlin bu borada zarur çoralarni körmoği lozim», - deya davom etgan prezident.

Prezidentning sözlariga köra, Turkiya – döstlik istovçi va NATO böyiça Germaniyaning ittifoqçisi bölgan mamlakat. Şu bilan birgalikda tegişli masalalar tezkorlik bilan hal qilinmoği lozim.

«Turkiya teraktlar tufayli katta zararlar kördi. Biz terrorizmga qarşi, jumladan Kurdiston işçilar partiyasiga qarşi kuraşda Turkiya bilan hamkorlik qilamiz. Bu terrorçi taşkilot ta'siri Suriya va Iroqqa ham yoyilgan», — deya qayd etgan Merkel xonim.