Uyçi tumanida yaşovçi Kozim Tursunov (ism-familiyalar özgartirilgan) tadbirkorlik deganda qanday yöl bilan bölmasin, faqat mömay pul orttirişni tuşunardi. Özining ikki hamtovoği bilan qöşni Qirğiziston Respublikasiga çegaradan aylanma yöllar orqali 17 ta qopga joylangan qiymati 1 mln. 809 ming sömlik jami 526 kg. 500 gramm rangli metall va ularning rezgi-çiqitlarini sotiş uçun olib ötişga çoğlanayotgan mahal huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olindi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Kozim avvaldan Uyçi tumanida yaşovçi dehqonlardan kötarasiga turli dehqonçilik, boğdorçilik va poliz mahsulotlarini sotib olib, bozorda ulgurji sotiş bilan şuğullanib yurardi. U 2015 yilning yoz oylarida navbatdagi “safar”laridan birida qirğizistonlik Akram ismli şaxs bilan tanişib qoladi. Akram unga agar rangli metall olib ötsa, qimmat narxlarda sotib berişini taklif qiladi. Kozim öylab ötirmay bu taklifga rozi böladi.
Uyiga qaytgan Nozim Namangan şahridagi “Çorsu” dehqon bozorida eski buyumlar sotiş bilan şuğullanuvçi savdogarlardan hamda turli şaxslardan rangli metall – misning 1 kilosini 9000 sömdan, latunni esa 5000 sömdan sotib olib, yiğa boşlaydi. “Xazina”ni töplaş va saqlaş uçun tanişi Uyçi tumanida yaşovçi Zohid Nosirovning hovlisidan foydalanadi.
Heç qayerda işlamaydigan Zohid ham garçi bu işning noqonuniy ekanini, oqibati yaxşilik bilan tugamasligini bilib tursa-da, tekin daromad ilinjida bu işga boş qöşadi.
Oradan uç-tört oy ötgaç, öğrinça yiğilgan “boylik” daragini telefon orqali eşitgan Akram töplangan rangli metall parçalarini kelişilgan joyga olib kelişlarini tayinlaydi.
Kozim bu işda özining sinfdoşi Öktam Zuhurovning “Damas” avtomaşinasidan foydalanişga qaror qiladi. Öktam avvallari ham ularning buyumlarini bozorga olib borib yurgani bois, ikkilanmay rozi böladi. Bundan taşqari, Kozim Öktamga metallarni temir deb işontiradi. Ular örindiqlari olingan “Damas”ga rangli metallarni obdon joylab, ustini mato bilan öraşgaç, yölga tuşişadi. Uç “işbilarmon” olğirlar metall va uning rezgi-çiqitini sotiş uçun Qirğiziston bilan çegaradoş hududga olib kelişayotganida çegara yaqinida huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, aybdorlarga nisbatan sud hukmi öqildi va tegişli jazo tayinlandi.

















