Tahririyatimizga Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan 97-maktab öquvçilari ota-onalaridan maktab oldidagi noqulayliklar böyiça murojaat kelib tuşdi. 

Murojaatda ta'kidlanişiça, maktab Yunusobod tumani 15-mavze hududida joylaşgan. Şikoyatning mazmuni şundan iboratki, maktab oldidagi köça juda yaroqsiz holga kelib qolgan. Köçaning aksariyat joylari öpirilib ketgan va bu ayniqsa yoğingarçilik vaqtida maktabga qatnovçi öquvçilarga noqulayliklar tuğdirmoqda. 

Şu uzunligi 300 metr keladigan köçada yana bir maktab – 273-maktab joylaşgan. Bu maktab oldida ham ahvol şunday. Ikkala maktabning öquvçilari ham maktabga yetib oliş uçun bir neçta katta kölmaklarni aylanib, loy keçib ötişlariga töğri kelmoqda. Lekin ba'zi kölmaklar şunçalik kattaki, ularni sakrab ötişning ham iloji yöq va şunda öquvçilar poyafzallarini böktirib, ulardan yurib ötişga majbur bölmoqdalar. Katta öquvçilar bu yöldagi "tösiqlardan" amallab ötib olişar, lekin jajjigina öquvçilar   poyafzallari suvga botgança, maktabga bilim olgani oşiqmoqdalar. Yöldagi önqir-çönqirlarning sanab adoğiga yetmaysan, hali u yeri, hali bu yeri köçib yotibdi. Havo quruq paytda öquvçilar maktabga yöl çetidagi eni 1,5 metrlik tuproq yölakçadan borib-kelişadi. Ammo yoğingarçilik paytida bu yölakça rostmana balçiqqa aylanadi. Noiloj öquvçilar maşina yöldan yurişlariga töğri keladi. Biroq qaniydi haydovçilar ularga "rahmlari" kelib sekinroq yursalar, aksinça özlarini köça faqat ularnikidek tutib, olğa bosadilar.   

Bu ham yetmagandek, ertalab maktabga kelar vaqt, ya'ni soat 7.30dan 8.00gaça bu yerda "avtomobillar şousi"ga guvoh bölişingiz mumkin. Eni 5 metrlik yöl şunçalik tirband bölib ketadiki, şahar markazida tiğiz paytdayam bunaqa tirbandliklar kamdan-kam uçraydi. Beçora öquvçilar kölmak sanaganlari yetmaganday, yana şu maşinalar orasidan ham turli "manyovrlarni amalga oşirib" köçadan ötib olişlariga töğri kelmoqda. Ba'zi "öta farosatli ota-onalar" "yölni band qilmay deb"mi, yo bu köçada ulardan boşqa zoğ yöq debmi, tezlik tepkisini ayamay bosişadi. Va açinarlisi, bunday holatlarga özini "bosib olgan" kattalar ham yöl qöymoqda. 

Hattoki ba'zi farzandlariga öta ğamxör, "temir toyçoqli" ota-onalar "farzandlarim qiynalmasin deb" ularni maktab darvozasi oldigaça eltib qöyişadi va şu tariqa darvoza oldini göyoki öz uylari darvozasidek "işğol qilişadi". Şunaqa paytda piyoda kelayotgan öquvçilar ikki çetdan qolgan tirqişdan yon boşlab ötib olişlariga töğri kelmoqda. Maşinada ötirgan ota-onalarning bu bolalar bilan ziğirça işlari yöq. Bolasini tuşirib tezda yölni böşatiş örniga, ularni maktab içigaça kirib ketgunça közlari bilan kuzatib qöyişadi. Yaxşiyamki, darvoza bor, bölmasam bundaylar farzandlarini maşinalarida maktab zinasi oldigaça ham olib kirib qöyişdan toymasdilar.