AQŞ prezidenti Donald Tramp 3 fevralda yangi farmonlarni imzolaydi, deb ma'lum qildi Oq uy.

Farmonlar mazmuni oşkor qilinmagan.

Tramp lavozimini bajarişga kirişgandan keyin bir neça farmonlar, jumladan Yaqin Şarq va Afrikadagi 7 ta davlat fuqarolariga AQŞga kirişni çeklaş, qurolli kuçlarning qayta şakllantirilişi haqidagi farmonlarni imzolaşga ulgurdi. AQŞ prezidenti kiberxavfsizlik haqidagi farmonni imzolamoqçi bölgan, biroq bu niyatidan qaytgandi. 

Tramp 3 fevralda strategiya va siyosat böyiça yangi forumda iştirok etadi. Bu forumda bir qator nufuzli amerikalik tadbirkorlar ham qatnaşadi. Kunning 2-qismida Tramp özining Floridadagi Mar-a-Lago deb nomlangan yeriga yöl oladi va u yerda dam oliş kunlari bir neça uçraşuvlar ötkazadi.