AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan avvalgi davlat rahbari Barak Obama kabi “rahmdil” bölmasligini ma'lum qildi.
“Eron öt bilan öynaşmoqda. Ular prezident Obama özlariga nisbatan naqadar “rahmdil” bölganining qadriga yetişmayapti. Biroq men bunday emasman!" - deya yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq OAV AQŞ Eronga qarşi yangi sanksiyalar kiritiş niyatida ekanini xabar bergandi.
Vaşington 1 fevral kuni Tehronga rasmiy ogohlantiriş berdi. Bu holat mamlakat mudofaa vaziri Hussayn Dehqon Semnan şahri yaqinida ballistik raketa sinovi ötkazilganini tasdiqlaganidan söng yuz berdi.












