AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Suriyaning Raqqa şahriga hal qiluvçi hujum rejasini rad etdi. U sobiq prezident Barak Obama jamoasi tomonidan işlab çiqilgandi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Trampning xalqaro masalalar böyiça yordamçilari köplab maslahatlaşuvlardan söng eng qulay variant Suriya şimolidagi kurdlarni qurollantiriş böladi, degan xulosaga kelişgan.
Tramp inauguratsiyasiga uç kun qolganda - 17 yanvarda Obamaning xavfsizlik böyiça maslahatçisi Tramp jamoasiga kurdlarni qurollantiriş böyiça batafsil rejani berdi. Unda hattoki bu taşabbusni Turkiya rahbariyatiga qanday qilib taqdim etiş borasida tuşuntirişlar ham bölgan.
Biroq yangi prezident ma'muriyati rejani töliq emas deb baholadi hamda undan darhol voz keçdi. Xususan, Tramp jamoasida bu strategiyani haddan taşqari ehtiyotkorlik bilan işlab çiqilgan deb ataşdi. Şu tariqa Tramp öz yöli bilan ketişni ma'qul körişi va IŞIDni yöqotiş böyiça tez hamda qattiq kampaniya boşlaganini hammaga körsatib qöydi.












