Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi plyaj yuzlab meduzalar bilan qoplandi
Avstraliyaning Kvinslend shtatida yashovchi ayol feysbukdagi sahifasida plyajlardan biri meduzalar bilan qoplangani haqida so‘zlab berdi. Ayolning aytishicha, u dastlab suv g‘alati rangga bo‘yalgan deb o‘ylagan, biroq yaqinroq kelib, qirg‘oqqa chiqarib tashlangan yuzlab meduzalarni ko‘rgan.
Mahalliy aholi bu noodatiy hodisaga meduzalar chirishi oqibatida chiqayotgan qo‘lansa hid sababli uncha ham xursand bo‘lishmagan. Dengiz biologi Layza-Enn Gershvinning aytishicha, bu holat oziqaning mo‘lligi, okeandagi juda iliq suv va tabiiy dushmanlarning yo‘qligi sababli meduzalarning o‘ta jadal ko‘payishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy qutqaruvchilarning aytishicha, 1 yanvardan 31 yanvargacha 22 mingga yaqin serferlar va bir necha itlar okeanda meduzalarning juda ko‘pligi sabab ulardan kuyish jarohatlari olganlar.


Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026