Parijdagi nogironlar uyida bölib ötayotgan 32-Xalqaro avtomobil festivalida 2016 yilning eng çiroyli superkarini tanlaşdi. Bu şarafga Ferrari GTC4 Lusso kupesi loyiq topildi.
GTC4 Lusso bilan birga bu tasnifda Bugatti Chiron giperkari, Aston Martin RB001 kontsepti va yangi avlod Porsche Panamera xetçbeki ham birinçi örin uçun kuraş olib bordi. Ğolibni taniqli arxitektor Jan-Mişel Vilmott rahbarligidagi hakamlar hay'ati aniqlagan. Mukofot Ferrari kompaniyasining boş dizayneri Flavio Mantsoniga topşirildi.

Ferrari GTC4 Lusso superkari ötgan yil fevral oyida debyut qilgan edi. U FF kupesi örniga işlab çiqilgan. Maşinaning barça ğildiraklari yetakçi bölib, töliq boşqariluvçi şassi, moslaşuvçan podveska va 12 silindrli, 6,3 litr atmosfera motoriga ega. Uning kuçi 680 ot kuçiga teng. Avtomobil soatiga 100 km tezlikka erişişi uçun atigi 3,4 soniya kifoya qiladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 335 kmni taşkil etadi.
Festival çoğida «eng çiroyli superkar»dan taşqari, 2016 yilning eng çiroyli kontsept-karini ham aniqlab olişdi. Avval xabar berganimizdek, Renault Trezor elektr kupesi Jaguar I-Pace, Aston Martin RB001 va DS E-Tense kabi kontseptlarni ortda qoldirişga muvaffaq böldi.














