Uşbu maqolani yoziş, ayniqsa davriy naşrlarga taqdim etişda juda ham köp bora istihola qildim... Öylab-öylab, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga bildirilayotgan ayrim murojaatlarni köz oldimga keltirib, aniq bir qarorga keldim, ya'ni uşbu maqolani yozdim va davriy naşrlarga taqdim etdim...
Hayotda sizni eşituvçi, kömakdoş, taşvişingiz bilan yaşovçi insonning borligi naqadar uluğ baxt. Aksinça, dodingizni kimga ham aytasiz?.. Dardingizni kim ham eşitardi?.. Bunday hayot tarzi – umr mazmunini yöqotişdan boşqa narsa emas. Aslida insoniyat olamini mana şu ehtiyoj ila yaratilişida ham buyuk ilohiy hikmat mavjud.
Alloh taolo Qur'oni karimda: “...Ezgulik va taqvo (yöli)dahamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yöli)dahamkorlik qilmangiz! ...” – deb, marhamat qiladi. “Moida” surasi, 2-oyat.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Musulmonning musulmondagi haqi oltitadir” – dedilar. “Ular qaysilar, yo Rasululloh?” – deyildi. Ul zot: “Qaçon uçratsang, unga salom ber, qaçon seni (biror ma'ruf ziyofatga) çaqirsa, unga javob ber (mehmoni böl), qaçon sendan nasihat sörasa, unga nasihat qil, qaçon aksa ursa va Allohga hamd aytsa, unga yaxşilik tila, qaçon bemor bölsa, uni borib kör va qaçon vafot etsa, hozir böl (ya'ni, janoza va dafn tadbirlarida iştirok et)!” – dedilar”.Imom Buxoriy rivoyati.
Uşbu muqaddas ta'limotlar asosida insonlar bir-birlariga har dam yaxşilikni ravo körib, xatar va halokatlardan ogoh etib, asrab, yaxşi kunida şodligiga şerik, taşvişli onlarida dardiga hamdard, uni uşatuvçi malham bölib yaşamoqlari amr etilmoqda.
Insonning bu dunyo-yu, u dunyosi saodatli bölişi uçun mazkur kömaklaşuv muhim mezon etib, belgilab qöyildi. Mana şu mezon rioyasi ila uning baxti tökis böladi. Mehr-oqibat, insoniylik riştalari şakllanadi. Jamiyat a'zolari orasidagi özaro munosabatlar mustahkamlanadi. Natijada insonlar örtasida ijtimoiy aloqalar rivojlanadi. Hamjihatlik kuçayadi. Zotan, insonga xos fazilat, uning asosiy hayot mazmuni ham aynan mana şu hamjihatlik içradir.
Mavzuga oid
Albatta, bu borada faqatgina özni emas, aksinça, özgalarni ham özidek öylab, davr zabonida aytganda – xalq dardi bilan yaşamoq darkor. Zero, yuksak ma'naviyatli inson mazkur körsatmalarni özi va öz navbatida boşqalarning ham haqi, deb biladi.
Suyukli payğambarimiz Muhammad alayhissalom bu fazilat borasida barçamizga yuksak namuna bölganlar. Balki hayotlarining asosiy mazmuni mana şundan iborat böldi, ya'ni – ummat, xalq dardi, ularning ikki dunyo saodati ğami.
Yetuk olim va adib Sayyid Ja'far Ibn Hasan Barzanjiy rahmatullohi alayhi özlarining “Iqdul-javhar fi mavlidin-Nabiyyil-Azhar” asarida Rasululloh alayhissalomning xulqlarini quyidagiça ta'riflaydi:
“Ul zotsollallohu alayhi va sallam öta hayoli va öta tavozeli edilar. Kavuşlarini özlari yamar, kiyimlarini (yirtilsa) özlari tikar, qöy (va tuya)larini ham soğar, (şu tariqa) ahli ayollarining yumuşlariga çiroyli holatda yordamlaşar edilar.
Miskin va kambağallarni yaxşi körar, ular bilan birga ötirar, xasta-bemorlarini ziyorat qilar, (vafot bölganlarini esa) janozalarini özlari hozirlar edilar.
Kambağallik zaiflaştirib, muşkul ahvolga tuşib qolgan faqir kimsalarga past nazarda qaramas edilar ...”.
Xalq dardi bilan yaşaş Rasululloh alayhissalomning asosiy hayot mazmuniga aylangan ekan, demak bu – ilohiy amrdir.
Zotan, ul zot özlariça bir iş qilmaganlar. Qanday hayot keçirgan, Qur'oni karim sözlaridan bölak nimaki aytgan (şuningdek, amalga oşirgan yoki ma'qullagan) bölsalar – odatda ularning barça-barçasi ul zotga Alloh taolo tomonidan ilhom qilingan vahiy bölgan. Alloh taolo Qur'oni karimda şunday marhamat qiladi:
“Sizlarning sohibingiz (Muhammad) zalolatga ketgani ham yöq, yöldan ozgani ham yöq. U (Qur'onni) havodan (xomxayoldan) sözlayotgani ham yöq. U (Qur'on) faqat (Alloh tomonidan) nozil qilinayotgan (tuşirilayotgan) vahiydir”.“Najm” surasi, 2, 3 va 4-oyatlar.
Ya'ni, Quröni karimning har bir kalimasi farişta Jabroil alayhissalom orqali Payğambarimiz alayhissalomga nozil qilingan Allohning sözlari bölsa, Payğambarimiz alayhis salomning aytgan sözlari (hadislari), şuningdek, amalga oşirgan yoki ma'qullagan işlari esa Alloh tomonidan ul zotning qalblariga ilhom qilingan ilohiy körsatmalar hisoblanadi.
Yana bir bora ta'kidlaş joizki, xalq dardu taşvişi, uning yorqin ertasi ğami bilan yaşamoq – Rasululloh alayhissalomning asosiy hayot mazmuniga aylangan ilohiy körsatma böldi.
Mana şunday olijanob fazilat borasida davlatimiz rahbari Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev barçaga namuna bölib, özlarining 2016 yil 14 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida sözlagan nutqida, jumladan, şunday degan edilar:
“... Biz 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e'lon qildik. Lekin, hammamiz tuşunamizki, xalq bilan muloqot, odamlarning içiga kiriş, ularning dardu taşvişlari bilan yaşaş, inson manfaatlarini ta'minlaş – bu biz uçun faqat bir yillik iş emas.
... Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – şu xalq. Barçamizga tuz-nasiba bergan ham – şu xalq. Bizga işonç bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan şu xalq. Şunday ekan, biz birinçi navbatda kim bilan muloqot qilişimiz kerak – odamlarimiz bilan. Kim bilan bomaslahat iş tutişimiz kerak – avvalo xalqimiz bilan. Şunda xalqimiz bizdan rozi böladi. Xalq rozi bölsa, işimizda unum va baraka böladi. Xalq bizdan rozi bölsa, Yaratgan ham bizdan rozi böladi!
Şu ma'noda, buyuk Alişer Navoiy bobomizning “Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yöq xalq ğamidin ğami”, degan satrlarida qançalik çuqur hayotiy hikmat, falsafa bor...”.
Mana şu maqsadda şaxsan muhtaram Prezidentimizning taşabbuslari bilan har bir fuqarolarimizni davlat prezidentiga barça masalalarda töğridan-töğri murojaat qiliş imkoniyatlari yaratildi.
Masalaning ahamiyatli jihati şundaki, bugun kimdir bu imkoniyatlardan oqilona foydalansa, yana ayrimlar juda ham açinarli tariqada foydalanişga urinmoqda.
Aslida, virtual qabulxonani joriy etilişidagi asosiy maqsad – Siz-u biz misol xalqning dardini eşitiş, ularga kömaklaşiş, tadbirli rejalarida yordamlaşiş, ularning baxti, kamoli, ertangi kuni edi. Şunday emas-mi?!
Biroq, mazkur manzilga kelib tuşayotgan ayrim murojaatlarni öqigan, eşitgan yoki örgangan oning qattiq xafa bölib ketasan kişi.
Notöğri yöl tutgan öğlining taqdiridan xavfsirab, unga bergan avtomaşinasini olib qöygan otaga aççiq qilib avtomaşina oliş maqsadida pul mablaği sörab murojaat qilgan yoş yigitning murojaatiga nima deyiş mumkin?!
Ota-onasining dunyo öz bağriga siğdirolmas orzulari olamida tarbiyalangan yakka-yu yagona farzandni bugun katta bölib, kasb-hunar kollejini tamomlagaç uning baxti yölida qaddi dol bölgan, qöllari qavargan mehribonlarining yonida böliş, ularning xizmatini qilib, duolarini oliş örniga ota-onasidan arazlab, ular bilan birga yaşaşdan or qilib, tanho yaşaş maqsadida portaldan çora izlaganiga nima deyiş mumkin?!
Hojatxona çuquri tölib, uni tozalab berilişini sörab murojaat qilgan zabardast erkakning murojaatiga nima deyiş mumkin?!
Ikki öğli ham özlariga tegişli Chevrolet Captiva rusumli avtomaşinani boşqarib yurgan otaning: “Tomimning şiferi uçib ketdi, örnini şifer bilan yopişda yordam bersangiz...”, deya murojaat aylaganiga nima deyiş mumkin?!
Yana kimningdir kimgadir aççiq qilib: “Bir körsatib qöyay!”, yana birini: “Bir yozay-çi, nima bölar ekan? Rostdan ham örganar ekanmi?” qabilida murojaat qilayotganiga nima deyiş mumkin?!
Yana ularning “Yozdim. Örganişdi. Baribir natija bölmadi. Qop-qop va'dalar hammasi qoğozda ekan-da...”, degan xulosalariga nima deysiz?..
Bu murojaatlar muhtaram davlatimiz rahbari kutgan – xalq dardi emas, illatku, axir!
Hakimlardan biri şunday debdilar:
“Agar söz qalbdan çiqsa – qalbga borib joylaşadi. Bordi-yu u (quruq) tildan çiqsa – quloqdan nariga ötmaydi!”.
Tobeinlardan Hasan Basriy rohimahullohdan şunday rivoyat qilinadi:
“Şunday derdilar: “Möminning tili qalbining ortida böladi. Agar biror narsani gapirişni xohlasa, uni qalbi bilan tadabbur qiladi (öylaydi), söng tiliga çiqaradi. Munofiqning tili esa, qalbidan oldida böladi. Şu sababli hayoliga kelgan narsani tiliga çiqaradi, qalbi bilan öylamaydi”.
Tobeinlardan ibn Mihron rohimahulloh şunday degan ekanlar:
“Yaxşi insonlarga döst tutiniş yarim donolikdir. Gözal savol va murojaat ilmning teng yarmidir!”.
Darhaqiqat, ilmning bir qismi savol bölsa, ikkinçi qismi javobdir. Şu ikkisi asosida ilm şakllanadi. Kutilgan javob bölişi uçun esa ongli va munosib savol yaratilişi kerak.
Töğri, xalqimizda “Bola yiğlamasa, ona sut bermaydi”, degan naql bor. Biroq bola yiğisida ham ma'no böladi. U oç qolsa yiğlaydi. Ehtiyoji bitsa, ortiğini söramaydi.
Ayrim asossiz moliyaviy murojaatlar bilan yaqindan tanişar ekansiz, xafsalangiz pir böladi. Axir, davlat mablağlari havoi nafs yoki kör-körona sarf etiş, özni köz-köz qiliş uçun jamlangan emas. Davlat boyligi oqar daryo ham emas... Ulardan unumli va maqsadli foydalaniş, oqilona xarjlaş kerak.
Farazan, kimdadir tadbirkorlik borasida salohiyat va iqtidor bor, biroq, moliyaviy imkoniyat yöq. Marhamat! Foydalansin, tegişliligi böyiça belgilangan tartibda murojaat qilib, yordam olsin, tadbirkor bölsin, fuqarolarni iş bilan ta'minlasin. Yana kimdadir dard, taşviş, muammo bor, tegişliligi böyiça joylarga belgilangan tartibda murojaat qilib, yeçimini topolmayapdi. Marhamat! Murojaat qilsin, muşkuli oson bölsin, dardiga darmon topilsin!
Mana şu misol holatlarni xalq dardi, taşvişi – deydilar.
Yana şuni ham alohida ta'kidlab ötişni joiz, deb bilaman: portal bu – tahdid ham emas-ki, u bilan kimnidir qörqitib, “qahramonlik” körsatsak va “zör” çiqsak...
Er va xotin. Yoş oila. Örtalarida bir yarim yoşli şirin qiz farzand. Oila saxnasida nimalar bölmaydi deysiz... Sabr qilsa hammasi joy-joyiga tuşib ketadi. Yöq. Kelinning onasi “Tor qornimga siqqan qizim keng uyimga siğmaydi-mi?!”, deya qizini öz uyiga olib ketdi. Ortidan “Qizim endi bu yigit bilan yaşamaydi!”, deya qat'iy va keskin qaror qabul qildi. Ikki yoş esa birga yaşamoqni xohlar, kelin esa bu istagini onasiga aytişdan çöçir edi. Natijada kuyov bu ikki tomonlama istaklarini öz nomidan kattalar e'tiboriga ifoda qildi. Oilani tiklaş maqsadida örtaga tuşgan “amaki” kelinning onasiga ularning orasini isloh qiliş borasida söz oçdi. Amaki haq sözlar aytdi. Ha, faqatgina haq sözlarni. Uç-tört kalimadan söng ikkinçi tomon bahs-munozaraga kirişib ketdi. Uning sözlari tobora jadallaşib, nihoyat keskin tus oldi. Ğazabdan qaltirayotgan qöllarini xontaxtaga zarb bilan urib, söngi sözni aytdi: “... Uyimdan çiqib keting! Çiqib ketinglar! Yasno?! Aks holda hammangning ustingdan PORTALGA YoZAMAN! Ponyatno, ponyatno?”, dediyu uyining içkari xonasiga kirib ketdi. ...
Bu misol tahdidlarni köplab uçratiş mumkin...
Bölar-bölmasga portalni “qurol” qilib, “raqibi”ni qörqitmoqçi bölganlarning tahdidini qanday tuşuniş mumkin?!
Bu misol murojaatlar ham muhtaram davlatimiz Rahbari kutgan – xalq dardi emas, yanada ulkan illatku, axir!
Keçirim, tinglaş, tuşuniş yohud tuşuntiriş, ongli va töğri qaror qabul qiliş misol insoniy fazilatlar qayoqda qolmoqda...
Qolaversa, portal – uluğ dargoh. Uni ermak yoki öyinga aylantiriş ulkan jaholat va qabohatdir.
Portaldagi murojaatlarni körib, nima uçun: “Menga kitob olişda amaliy yordam körsating...”, “Şahrimiz yoki qişloğimizda oçiq kutubxona taşkil etib bering...” misol gözal takliflar uçramasligiga xayratlanasan kişi. Aslida eng asosiy dardimiz mana şu – kitob mutolaasi bölişi kerak emasmi...
Töğri, xalqimizda “Avval taom, keyin kalom!”, degan naql bor. Lekin bugun Ona zaminimizda oç odamning özi yöq!
Bir öylab köring... Mulohazasiz, öylanmasdan amalga oşirilgan murojaatlar ortida qançadan-qança sarsongarçiliklar, yöqotişlar yuzaga kelmoqda. Sarf etilgan ortga qaytmas vaqtlar, köz nurlari, elektr quvvati, qoğozlar va boşqalar... Bularning ham hisobi bor-ku, axir...
Agar biz virtual qabulxonada iş yuritayotgan mutasaddilar, öz navbatida murojaatlarni örganiş böyiça mas'ullarni örinli murojaatlarimiz asosida töğri yönaltirsak – qimmatli vaqtlar, köz nurlari, quvvatlar, qoralangan qoğozlar zoye ketmaydi. Natijada bizning ham, ularning ham qalblari şodlikka töladi. Aksinça, uning aksi böladi.
Eng avvalo, har bir yumuşimizni öz oilamizda yoki mahallamizda, nari borsa tuman yohud şahrimizda hal qiliş çorasini izlasak ayni muddao iş bölar edi. Bordi-yu bu yönalişda murojaatimiz hal qilib berilmasa yoki uning yeçimini topiş imkoni bölmasa davlat Rahbarining virtual qabulxonasiga murojaat qilsak munosib iş bölar edi.
Aksinça, mahalla, tuman yoki şahar mutasaddilari kim... Ular davlat Rahbarining vakillari emasmi... Ularga asossiz holda işonçsizlik bildiriş munosib işmikin...
Şuni ham yodda tutiş kerakki, davlat Rahbari ham oila otasidek gap. Farzandlar har işda bölar-bölmasga birgina otasiga osilaversa, ota qayergaça boradi... Uni qadrlaş, unga kerakli örindagina murojaat qiliş, qolgan vaqtlarda muammolarini özlari özaro hal etmoqlari yuksak fazilat, ma'naviyat va donolik hisoblanadi.
Şuningdek, Siz-u biz xalqning dardi bilan yaşayotgan davlatimiz Rahbarini oila otasidek avaylamoğimiz, unga qanot bölmoğimiz, u kişini özimiz va farzandlarimiz uçun köp yillar kerakligini unutmasligimiz lozim!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi