Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boğidagi Şoirlar xiyobonida bir guruh adiblar bilan uçraşdi. 

Mustaqillik yillarida yoş avlodning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, yoşlar örtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, ta'lim muassasalarini badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta'minlaşni yanada kuçaytirişga alohida e'tibor qaratilayotir.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida”gi farmoyişi bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötarişda muhim qadam böldi.

Uçraşuvda bu maskanni yanada obod qiliş, odamlarning, ayniqsa, yoşlarning ma'naviyatini yuksaltiriş, ularni kitobga oşno qiliş, maşhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan taniştiriş maqsadida ularni bu dargohga muntazam ravişda jalb etiş haqida söz bordi.

Birinçi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, Alişer Navoiy asarlari özbek adabiy tili va milliy adabiyotimiz rivojining asosini belgilab beribgina qolmay, xalqimiz ma'naviy olamining şakllanişida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hazrat Navoiy merosini örganiş har bir insonni ilhomlantirib, aqlini teran, fikrini tiniqlaştiradi, tafakkurini yuksaltiradi.

"Şoirlar xiyoboni şunday maskan bölişi kerakki, şoirlarimizning şe'rlari bu yerda muntazam jaranglab turişi zarur", dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimizdagi barça madaniy muassasalarda şe'rxonlik keçalari ötkaziş, yoşlarning bunday uçraşuvlarda faol iştirokini ta'minlaş maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.

Şe'riyatga oşno bölgan inson aslo kam bölmaydi, dedi davlatimiz rahbari.

Uçraşuvda şoir va yozuvçilar ijod ahliga, kitob mutolaasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor uçun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.